Ziyorat turizmi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Ziyorat turizmi bo‘yicha seminar o‘tkazildi

Yurtimiz o‘zining boy tarixi, madaniyati, jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan olimu, allomalari, madaniy meros obyektlari bilan bir qatorda, ziyorat turizmi yo‘nalishida ham yuksak salohiyatga ega mintaqa hisoblanadi. Shu bois yurtimizda ziyorat turizmi yo‘nalishini yanada rivojlantirish bo‘yicha dadil qadamlar tashlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Turizmni rivojlantirish instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda ziyorat turizmi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari doktori (PhD) Komiljon Rahimov ochib berarkan, yurtimiz ziyorat turizmi bo‘yicha boy madaniy yodgorliklarga ega ekanini qayd etdi.

Seminarda so‘zga chiqqanlar turizm nafaqat iqtisodiy rivojlanish hamda yalpi ichki mahsulot hajmining ortishi, balki aholi bandligini ta’minlash, turmush darajasi va sifatini oshirish, yurt farovonligi va taraqqiyoti yuksalishiga ham katta ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlashdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email