Zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni

Zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy-gumanitar fanlarning o‘rni” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.

ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari nomzodi, dotsent Hamida To‘ychiyeva, Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Karima Tulenova, O‘zbekiston Milliy universiteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi mudiri, professor, falsafa fanlari doktori Shahnoza Madayeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi professori Matluba Qahhorova, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent Bahromjon Farfiyev, respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi.

Anjumanni Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berarkan, tadbir ishtirokchilarini muborakbod etdi. Shundan so‘ng uchrashuv davomida falsafa, huquqshunoslik, sotsiologiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishdagi zamonaviy uslublar, soha oldidagi muammolar muhokama etildi.

Toshkent davlat pedagogika universiteti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Karima Tulenova yurtimizda ta’lim tizimini takomillashtirish jarayonida milliy qadriyatlarning ustuvorligiga haqida so‘z yuritarkan, bu boradagi yutuq-kamchiliklar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jihatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Tadbir ishtirokchilari anjumanga kelib tushgan yo‘nalishlarga oid dolzarb mavzulardagi maqolalar soha rivoji uchun xizmat qilishini ta’kidlashdi. Tadbir davomida so‘z yuritilgan ma’ruzalar bo‘yicha ishtirokchilarga savollar berildi. Anjuman yakunida mazmunli o‘tgan yig‘ilish uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildirildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email