Yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi

Yosh tadqiqotchilar uchun navbatdagi seminar o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yosh olimlar kengashi tomonidan doktorant, tayanch, maqsadli doktorant, stajyor tadqiqotchi hamda mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya tadqiqotlari doirasida ilmiy seminarlar muntazam o‘tkazilmoqda. Bu esa o‘z navbatida tadqiqotchilarning ilmiy ishlarining nazariy va amaliy jihatlarini amaliyotga tatbiq qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tayanch va maqsadli doktorant, yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarda tadqiqotchilarning tadqiqot ishlari muhokama etilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar berildi. Shuningdek, “Yilning eng yaxshi ilmiy maqolalari” tanlovida g‘olib deb topilgan Akademiyaning tayanch doktoranti Sarvar Saidovga diplom va “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” kitobi topshirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email