Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan davra suhbati

Xalqaro oila kuniga bag‘ishlangan davra suhbati

Oila jamiyatning alohida asosiy bo‘g‘ini sifatida unda insoniylik, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, milliy mentalitet, etnik urf odatlar, avlodlarning o‘zaro azaliy bog‘liqligi va tarixiy chambarchasligi, barqarorlik hamda rivojlanish omili bo‘lib tan olingan. Oilaning muqaddas hisoblanishida davlat tobora mustahkamlanib, rivojlanadi. Mamlakatning taraqqiy topishi, oilaning jamiyat va davlat oldidagi mavqeiga qarab belgilangani sir emas.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 15-may kuni qabul qilingan rezolyutsiyasiga asosan ushbu kun “Xalqaro oila kuni” deb e’tirof etilgan. Mazkur sanani nishonlash esa oilalar o‘rtasida fuqarolarga ta’sir etuvchi ijtimoiy iqtisodiy va demografik jarayonlarni tahlil qilishga imkoniyat yaratadi.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar jamoatchilik kengashi tomonidan “Xalqaro oila kuni” bag‘ishlangan “Oilam – mening baxtim” mavzusida onlayn ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi Laylo Saidova, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. Davra suhbatida Akademiya psixologi, psixologiya fanlari nomzodi Shoira Do‘stmuhammedova hamda “Chet tillar” kafedrasi dotsenti Sayyora Chinniyeva o‘zlarining oila, ota-ona va farzand to‘g‘risidagi ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Tadbirda “Oilada milliy qadriyatlarning ahamiyati”, “Zamonaviy oila funksiyalari” kabi mavzularda ma’ruzalar olib borildi. Davra suhbatida yurtimizda oilani mustahkamlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar halqaro hamjamiyatlarda yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘layotganligi qayd etildi. Qizg‘in muloqot davomida KAHOOT programmasi orqali viktorina o‘tkazilib, g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, samimiy va mazmunli o‘tgan tadbir uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildirishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email