Test sinovlarining dastlabki kuni yakunlandi

Test sinovlarining dastlabki kuni yakunlandi

Ayni damda yurtimizdagi barcha oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga 2020/2021 qabul jarayonida ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun imtihon sinovlari boshlandi.

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litseyida o‘qish istagida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar uchun imtihon jarayonlariga start berildi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosida o‘tkazilayotgan imtihon jarayonlari sanitariya-epidemiologik va xavfsizlik qoidalariga amal qilingan holda tashkil etilmoqda. O‘quvchilar uchun tibbiyot niqobi, qo‘lqoplar tarqatilyapti. O‘z salomatligini asrash, imtihon vaqtida hech qanday chalg‘ituvchi vositalardan foydalanmasdan, faqatgina egallangan bilimga tayanish zarurligi mas’ullar tomonidan yana bir bor tushuntirilmoqda. Test jarayonlarini akademiyada tuzilgan Jamoatchilik kengashi a’zolari bilan bir qatorda ota-onalar ham kuzatib borishmoqda. Shaffof va adolatlilik tamoyiliga amal qilinyapti.

Kirish imtihonlarining natijalari va o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga Akademiya rasmiy www.iiau.uz veb-sayti, ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/iiau_official hamda Akademik litsey https://t.me/Islomakademiklitseyi telegram kanallari orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. 8-, 9-, 10-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilangan imtihon jarayonlari davom etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email