Talabalar tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

Talabalar tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish maqsadida “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili ostida mahorat darslari o‘tkazilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan tashkil etildi. Unda fakultetning 2-bosqich talabalari, info biznes bo‘yicha ekspert, shaxsiy rivojlanish bo‘yicha trener Zayniddin Safarov hamda Durdona Asadullayeva “Qanday qilib maqsad qo‘yish mumkin?” mavzusida mahorat darsini o‘tkazishdi.

Trening davomida Zayniddin Safarov tengdoshlariga talabalik davrida tahsil olish davomida o‘z imkoniyatlaridan samarali foydalanishlari, buning uchun esa dangasalik, o‘z salohiyatiga ishonmaslik kabi kamchiliklarni bartaraf etishi zarurligini ta’kidladi. Durdona Asadullayeva esa aksariyat yoshlar maqsad va rejasiz yurganini, muvaffaqiyatga erishish uchun eng avvalo o‘z oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo‘yishi kerakligini qayd etdi.

Mahorat darsi yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachilarga murojaat qilishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email