Talaba-yoshlarning innovatsion texnologiyalariga qiziqishi ortmoqda

Talaba-yoshlarning innovatsion texnologiyalariga qiziqishi ortmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tashabbusi bilan O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga talabalar uchun ekskursiya tashkil etildi.

Yoshlarda innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadidagi ekskursiyada talabalar yurtimizda innovatsion texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

IT park – yangi innovatsion makon bo‘lib, unda yosh mutaxassislar innovatsion texnologik mahsulotlar ustida ishlab, jamiyatning axborot sohasini rivojlantiradi. Mazkur texnopark odamlarga, ayniqsa, innovatsion tadbirkorlik g‘oyalarini dasturiy mahsulot sifatida rivojlantiruvchi yoshlarga katta yordam beradi.

Sayohat davomida yoshlar park hududida tez orada qurilishi yakunlanadigan kovorking markazi, Akademiya, laboratoriya va mehmonxonani o‘z ichiga oluvchi uchta yangi bino loyihasi, boshqa hududlarda IT parkning filiallarining rejalari bilan yaqin tanishishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email