O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi imtiyoz asosida talabalikka qabul qilingan qizlarni tabrikladi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi imtiyoz asosida talabalikka qabul qilingan qizlarni tabrikladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq,  2020-yilda respublikamiz bo‘yicha 940 nafar xotin-qiz qo‘shimcha kvota bo‘yicha davlat granti asosida talaba bo‘lish baxtiga erishdi.

Shu munosabat bilan Oliy ta’lim muassasalari rahbariyati va jamoalari davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan xotin-qizlarni bu yutuqlari bilan qutlamoqda. Jumladan, ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritgan ana shunday qizlardan Toshkent shahri Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi Muhsina O‘ktamova va Samarqand viloyati Urgut tumanida istiqomat qiluvchi Ozoda Rahmatovalar endilikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tahsil oladi.

Akademiya faollari ularni talaba bo‘lish baxtiga erishgani bilan tabriklab, o‘qish va izlanishlarida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritishlariga ishonch bildirdi.

O‘z navbatida talabalik baxtiga muyassar bo‘lgan Muhsina O‘ktamova va Ozoda Rahmatovalar yurtimizda xotin-qizlarga yaratilayotgan keng imkoniyat va e’tibordan mamnun ekanini aytib, bildirilgan bunday ishonchga munosib bo‘lishini ta’kidladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email