Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda

Navro‘z shodiyonalari davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida “Har kuning bo‘lsin Navro‘z!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Diniy-ma’rifiy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi bosh mutaxassisi E.Alimqulov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Zohidjon Islomov hamda Akademiya O‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i Suxrob Xidirovlar ishtirok etishdi.

Bayram davomida ishtirokchilar “Osh chempionati”, “Eng ko‘rkam dasturxon”, “Eng faol guruh”, “Eng faol ishtirokchi”, “Eng chiroyli milliy libos” nominatsiyalari bo‘yicha mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida “Armrestling”, “Eng zukko o‘quvchi”, “Arqon tortish” va “Tosh ko‘tarish” sport musobaqalari o‘tkazildi.

Ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbiri karnay-surnay sadolari ostida davom etdi. Tadbir yakunida nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar mutasaddilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email