Navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

Navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida ikki haftalik navbatdagi malaka oshirish o‘quvlari boshlandi.

72 soatlik mazkur o‘quvlarda 40 nafar tinglovchi ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Ichki ishlar vazirligi, DXX akademiyasi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti va boshqa mutasaddi tashkilotlarning professor-o‘qituvchilari hamda malakali mutaxassislari jalb etilgan.

O‘quv mashg‘ulotlaridan so‘ng tinglovchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Rejaga muvofiq, darslardan so‘ng tinglovchilar bilan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Manbalar xazinasi”, Toshkent shahridagi “Suzuk ota” majmuasiga sayohat amalga oshirish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email