Navbatdagi malaka oshirish kurslari ham yakunlandi

Navbatdagi malaka oshirish kurslari ham yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xodimlari uchun “Yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida malaka oshirish o‘quvlari tashkil etilgandi.

Tinglovchilar 72 soatlik o‘quvlar davomida “Davlat va din munosabatlari”, “Yot g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni reabilitatsiya qilish asoslari”, “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish asoslari”, “Qur’on va hadislarda ekstremistik g‘oyalarga qarshi raddiyalar”, “Ekstremistik tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati tahlili”, “Diniy mazmundagi materiallarni ekspertizadan o‘tkazish tartibi” kabi ma’ruzalarni tinglashdi.

Mashg‘ulotlar interfaol pedagogik texnologiyalar asosida harbiylarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan ma’ruza va seminar-treninglar tarzida o‘tkazildi.

Kurslar yakunida tinglovchilar test sinovlarini topshirishdi. Harbiy xizmatchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning mashg‘ulotlar bo‘yicha fikr-mulohazalari olindi.

Shundan so‘ng bitiruv tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Diniy-ma’rifiy faoliyatni muvofiqlashtirish bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Yovqochev, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i T.Ismailov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi direktori X.Axmedovlar ishtirok etdi. Tinglovchilarga malaka oshirish o‘quvlarida ishtirok etganliklari to‘g‘risida sertifikat topshirildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email