Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi

Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilari uchun malaka oshirish kurslari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari uchun “Harbiy xizmatchilarda buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash asoslari” yo‘nalishida ikki haftalik malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.

Tinglovchilar 72 soatlik o‘quvlar davomida ofitserlarning kelajakdagi faoliyatlarini yanada samarali bo‘lishiga qaratilgan, yurtimiz tinchligini asrash, dinning insonparvarlik, vatanparvarlik kabi asl maqsadlarini xalqimiz, ayniqsa, yoshlarga tushuntirishda soha vakillarining faolligini oshirishga qaratilgan darslar olib borildi. Tinglovchilarga “Davlat va din munosabatlarining huquqiy asoslari”, “Harbiy xizmatchilarda yot g‘oyalarga qarshi immunitetni shakllantirishda axborot iste’moli madaniyatining o‘rni”, “Mutaassib guruhlar ta’siriga berilishning psixologik asoslari va ularni sog‘lom hayotga qaytarish usullari”, “Missionerlik: mohiyat, maqsad va oqibatlar”, “O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan noislomiy diniy tashkilotlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari” kabi ma’ruzalar olib borildi.

Seminar-trening tarzida o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda tinglovchilar mustaqil ta’lim sifatida taqdimot mavzulari tayyorlashdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun bitiruv tadbiri o‘tkazildi. Ularga malaka oshirish o‘quvlarida ishtirok etganliklari haqidagi sertifikat topshirildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email