Mehring ila baxtiyormiz Ona Vatan

Mehring ila baxtiyormiz Ona Vatan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasining 2020-yil 23-oktabrdagi “Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka “mahallabay” asosida yetkazishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi yig‘ilishi bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida respublikamiz bo‘ylab aniq chora-tadbirlar, yo‘l-xaritalari ishlab chiqilib, ayni paytda reja asosida mahallalar kesimida “Yangi O‘zbekiston — yangicha dunyoqarash” shiori ostida tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Birgina, Toshkent viloyati Qibray tumani misolida aytadigan bo‘lsak, tumanda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda aholi vakillari faol ishtirok etmoqda. Ayniqsa, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar mohiyatini xalqimizga yanada yetkazishda adabiyot va san’at vakillari, oliy ta’lim muassasalari jamoalarining xizmati o‘zgacha. Biz, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ham yuqorida ta’kidlangan ezgu g‘oyalar targ‘ibotida ishtirok etmoqdamiz.

Misol uchun, Qibray  tumanidagi  “Uzumzor”,  “Darxon”, “Arg‘in”,  “Bahor”, “Taraqqiyot”, “Haydarobod”,  “Pastki yuz”,  “Birlik” hamda “Hosildor” mahallalarida o‘tkazilgan tadbirlarda mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi islohotlar bugun yangi bir bosqichga ko‘tarilayotgani, bu har bir yurtdoshimiz dunyoqarashi, yurt taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi yanada kuchayayotganidan dalolat.

Yurtimizning barcha hududlari, mahallalarida tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostidagi ma’rifiy-madaniy tadbirlar aholining barcha qatlamlariga hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan tub islohotlar mazmun-mohiyatini keng qamrovda hayotiy misollar asosida yetkazishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. E’tiborlisi, tadbirlarda taniqli olimlar, yozuvchi hamda ijodkorlar, madaniyat va san’at namoyandalari, iste’dodli yoshlar faol ishtirok etmoqda.

Boburmirzo Botirov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti

 

 

 

 


Print   Email