Hamkorlikning yangi bosqichi

Hamkorlikning yangi bosqichi

Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida sohani zamon talablari darajasiga chiqarish, raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash dolzarb masalaga aylanmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yurtimizning yetakchi tashkilotlari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengayib bormoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ o‘rtasida tuzilgan mazkur kelishuvga ko‘ra “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” yo‘nalishlari ilmiy sohalarida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Memorandumga muvofiq, hamkorlikda ilmiy konferensiyalar, seminar-trening, tanlovlarni tashkil etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, qo‘shma tadqiqot loyihalari va izlanishlar olib borish rejalashtirilgan.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email