Hamkorlikdagi davra suhbati mazmunli o‘tdi

Hamkorlikdagi davra suhbati mazmunli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti bilan hamkorlikda “Zamonaviy xalqaro moliya tashkilotlari: rivojlanish tendensiyalari va istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi o‘zgarishlarni akademiya talabalariga yetkazish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Davra suhbatida Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” kafedrasi mudiri, iqtisod fanlari doktori, professor Inna Andronova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbirda xalqaro moliya tashkilotlarining shakllanish jarayonlari, rivojlanish xususiyatlari, faoliyati va istiqbollari haqida so‘z yuritildi.

Uchrashuv yakunida professor Inna Andronova talabalarning savollariga batafsil javob berdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email