Hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi

Hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi

Oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar zamirida sohani zamon talablari darajasiga chiqarish, raqobatbardosh kadrlarni tarbiyalash dolzarb masalaga aylanmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda yurtimizning yetakchi tashkilotlari bilan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada kengayib bormoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJ o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Hamida To‘ychiyeva hamda kafedra professor-o‘qituvchilari Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJda bo‘lishdi. Uchrashuvda ikki tomon o‘rtasida tuzilgan hamkorlikka ko‘ra, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” yo‘nalishlari ilmiy sohalarida mashg‘ulotlar o‘tkazish, ilmiy konferensiyalar, seminar-trening, tanlovlarni tashkil etish kabi masalalar haqida so‘z yuritildi.

Muloqot yakunida har ikki tashkilot vakillari o‘zaro hamkorlik uchun bir-birlariga minnatdorlik bildirishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email