Doktorantlardan mahorat dars

Doktorantlardan mahorat dars

Davlatimiz rahbarining joriy yil 20-aprelidagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan o‘ziga biriktirilgan hudud va umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

1-iyun – “Xalqaro bolalarni ximoya qilish kuni” munosabati bilan Akademiya doktorantlari Sarvar Qahhorov hamda Zarif Arslonov rahbarligidagi ishchi guruh Shayxontohur tumani “Koxota” mahallasi xududida joylashgan 10-umumta’lim maktabida bo‘lishdi.

Trening mashg‘ulotida umumta’lim maktabining o‘qituvchi hamda o‘quvchilari ishtirok etdi. Mahorat darsida bitiruv imtihonlari va oliy ta’lim muassasasiga kirish imtihonlari davrida kechadigan stress va uning oldini olishga yo‘naltirilgan  motivatsion psixologik mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email