Davra suhbatida huquqiy bilimlar mustahkamlandi

Davra suhbatida huquqiy bilimlar mustahkamlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Akademiya Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Sh.Mavlonov, yuriskonsult A.Isroilov, Xodimlar bo‘limi boshlig‘i R.Mirsamikova, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Qahhorova, o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 21-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati, bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, odob-axloq qoidalariga rioya etish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.

Shuningdek, huquqiy tarbiyaning barcha shakl va usullaridan samarali foydalanish, qabul qilinayotgan qonunosti hujjatlaridan o‘z vaqtida xabardor bo‘lish, davlat va jamiyat hayotida faol, tashabbuskorlikda ishtirok etish lozimligi ta’kidlandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga soha vakillari atroflicha javob berishdi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email