Dars mashg‘ulotlari mazmunli o‘tmoqda

Dars mashg‘ulotlari mazmunli o‘tmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya professor-o‘qituvchilarining ta’til davrida vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, pedagogika, psixologiya, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari hamda chet tillari bo‘yicha bilimlarini oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.  

Soha mutaxassislari tomonidan 10 kun davomida 30 soatga mo‘ljallangan o‘quv darslarida “Modul-kredit tizimi: afzalligi va kamchiliklari”, “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”, “Talabalar shaxsini o‘rganish metodlari”, “Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishida axborot kommunikatsiya texnologiyalarning o‘rni”, “Ta’lim jarayonida talabalarni psixologik faollashtirish”, “Jismoniy tarbiya mashqlari” kabi mavzularda ma’ruzalar olib borilmoqda.

Mazkur kurslar pedagog kadrlarning kasbiy bilim, ko‘nikma va mahoratlarini uzluksiz yangilab borish mexanizmlarini joriy etish hamda zamonaviy talablarga muvofiq ta’lim sifatini ta’minlash uchun zarur darajadagi kasbiy tayyorgarlikni o‘stirishga qaratilgan. O‘quv kurslari 9-yanvarga qadar davom etadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email