Bugun tug‘ilgan kun – Ahadjon Hasanov

Bugun tug‘ilgan kun – Ahadjon Hasanov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Ahadjon Hasanov 1940-yil 29-mart kuni Toshkent viloyatida tug‘ilgan.

Mamlakatimizda ilm-fanni rivojlantirish, ta’lim tizimiga ilg‘or tajribalarni tatbiq etish orqali yoshlarimizni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan barchaga ibrat bo‘lib kelayotgan ustozimiz AHADJON HASANOVni bugungi qutlug‘ yoshlari bilan muborakbod etamiz.

Manbashunos, islomshunos, tarixchi olim Ahadjon Hasanov o‘zining butun umrini Vatanimiz, ona xalqimizga sidqidildan sadoqat bilan xizmat qilish, yosh avlodni barkamol voyaga yetkazish va ularni ilm-fan, ma’rifatga oshno etishga bag‘ishladilar. Ustoz islom tarixi bilimdoni va manbashunos olim sifatida o‘z ilmiy maktabiga asos solganlar. Bugungi kunda ushbu maktabdan iste’dodli olimlar, ilmiy tadqiqotchilar va ilm, ma’rifatga, tarix faniga qiziquvchi ko‘plab yoshlar ta’lim olib, xalqimiz, ona Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Olimning “Makka va Madina tarixi”, “Qadimgi Arabiston”, “Qadimgi Arabiston va ilk islom”, “Ilk islom jamiyati: diniylikdan dunyoviylikka o‘tish”, “Ilk islom tarixining zamonaviy talqini”, “Islom tarixi”, “Лекции по истории ранниго ислама”, “O‘zbekiston – an’anaviy diniy bag‘rikenglik o‘lkasi” kabi yuzdan ortiq ilmiy kitob, darslik, qo‘llanma va monografiyalari ilm-ma’rifatga oshno qalblarga ziyo ulashmoqda.

Ilm-ma’rifat yo‘lida jonkuyar, fidoyi va kamtarin olimni bugungi tavallud ayyomi bilan yana bir bor qutlab, ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik hamda farzand va nabiralar, ular qatorida shogirdlari kamolini ko‘rib yurishlarini tilaymiz!

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi


Print   Email