Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” stipendiyasi uchun tanlov o‘tkazildi

Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” stipendiyasi uchun tanlov o‘tkazildi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangandi. Mazkur hamkorlikka ko‘ra Akademiyaning iqtidorli talabalari va ilmiy tadqiqotchilari uchun maxsus stipendiya joriy etilgandi.

Shu munosabat bilan Akademiyada Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” stipendiyasi uchun tanlov o‘tkazildi. Unda bank boshqaruvi xodimlari hamda Akademiya professor-o‘qituvchilaridan iborat hakamlar hay’ati nomzodlarni baholab bordi.

Tanlov yakunida hakamlar hay’ati tomonidan munosib deb topilgan talabalar Akademiya Kengashiga stipendiya uchun nomzod sifatida tavsiya etildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email