Akademiyada donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Akademiyada donorlik aksiyasi o‘tkazildi

Har kuni dunyo bo‘yicha minglab insonlar donor qoniga ehtiyoj sezadi. Donorlik odamlarga yaxshilik qilishning eng oddiy ko‘rinishi bo‘lib, ushbu beg‘araz, ko‘ngilli yordam qonga ehtiyoji bor insonlar uchun haqiqiy ko‘mak hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda beg‘araz donorlik va uni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida donorlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Sanitariya qoidalariga amal qilgan holda tashkil etilgan donorlik tadbirida Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar faol ishtirok etishdi. Toshkent shahar qon qo‘yish markazi vakillari har bir donorga o‘z minnatdorchiliklarini bildirib, tibbiyot amaliyotida qon qo‘yish bemorlar hayotini asrab qolishda yordam berishini ta’kidlab o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘n yetti nafar Akademiya xodimlari hamda talabalaridan olingan donorlik qonlari xayriya maqsadida kasalxonalarda bemorlar salomatligi uchun foydalaniladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email