Akademiya Yosh olimlar kengashi a’zolari 159-umumta’lim maktabida

Akademiya Yosh olimlar kengashi a’zolari 159-umumta’lim maktabida

Olmazor tumanidagi 159-umumta’lim maktabida “Ertangi kuning o‘z qo‘lingda!” shiori ostida o‘quvchi-yoshlar uchun psixologik-treninglar haftaligi boshlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Yosh olimlar kengashi” a’zolarining doktorant hamda magistrlari tomonidan tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlarida “O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish”, “Maqsadni to‘g‘ri qo‘yish”, “Stressdan chiqish yo‘llari”, “Hissiyotlarni nazorat qilish”, “Ijobiy jamoani shakllantirish” kabi mavzular qamrab olinadi.

Shuningdek, treninglar davomida o‘quvchilar hamda psixologlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilarni jamoa sifatida jipslashtirish, jarayonlarda toliqmasligi uchun harakatli, mantiqiy, tinchlantiruvchi uslublardan foydalaniladi.

Mavzularni ochib berish jarayonida “5 qadam”, “Bojxonachi”, “Chap va o‘ng miyani rivojlantirish uchun kompleks harakatlantiruvchi mashqlar” kabi metodikalar, psixologik mashqlar yordamida olib boriladi.

Treninglar jarayonida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish masalasiga juda katta urg‘u qaratilmoqda. Unda kasb tanlash borasida e’tibor beriladigan jihatlar, qobiliyat va iste’dodni hisobga olish va bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalangan holda kelajakda biror bir sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lish, muvaffaqiyat sirlari haqida ma’lumot berilyapti.

O‘quv mashg‘ulotlari yakunida o‘quvchilarning yangilikka, o‘qish faoliyati davomida kelib chiqadigan qiyinchiliklarga yechim topishga intilish, bilimga chanqoqlik, o‘zaro bir-biriga yordam berish va jamoa shaklida ishlash ko‘nikmasi shakllantiriladi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email