Akademiya o‘qituvchisi respublika Ayollar forumida ishtirok etdi

Akademiya o‘qituvchisi respublika Ayollar forumida ishtirok etdi

Kuni kecha Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida “Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar tajribasi” mavzusidagi respublika Ayollar forumi bo‘lib o‘tdi.

E’tiborlisi, ushbu tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari nomzodi, dotsent Roziya Matibayeva Akademiya nomidan o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Roziya Matibayeva o‘z chiqishida ayollarning davlat va jamiyat hayotida faol qatnashayotgani, ularga turli sohalarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun yurtimizda yaratilayotgan sharoitlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash borasidagi amaliy ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tdi.

Bugungi kunda mamlakatimiz xotin-qizlarining nafaqat oilada, balki davlat va jamiyat boshqaruvida ham faol ishtirok etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo‘lib, turli sohalarda o‘z salohiyatini namoyon etib, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlar safi tobora kengayib bormoqda. Ayollarimiz mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy hayotida, davlat boshqaruvining turli yo‘nalishlarida faol mehnat qilishmoqda.

O‘tkazilgan forumda ham yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha huquqiy, tashkiliy va uslubiy masalalarda o‘zaro fikr va tajriba almashish, ayollarning mavjud muammolarini aniqlash va ularni hal qilishga ko‘maklashish, xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bu borada amaldagi qonunchilik talablarini takomillashtirish va ularning amaliyot samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, NNTlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlarning rolini oshirish kabi masalalar kun tartibidan o‘rin oldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email