“Ziyo”ning dublyaj studiyasi ishga tushdi

“Ziyo”ning dublyaj studiyasi ishga tushdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi mamlakatimizda dinning asl insonparvarlik mohiyatini, ajdodlarimizning islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan boy diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qiluvchi, diniy-ma’rifiy hayotdagi yangiliklarni jamoatchilikka yetkazuvchi media tuzilma sifatida shakllanishda davom etmoqda.

Endilikda 26-may markazda dublyaj studiyasi faoliyat boshlagan kun sifatida e’tirof etiladi. Chunki, shu sanada qayta jihozlangan ovoz yozish studiyasida kinomahsulotlarni ovozlashtirish ishlariga start berildi.

Dublyaj studiyasining ilk ishi yozuvchi Abdulhamid Muxtorov ssenariysi asosida suratga olingan qisqa metrajli “Oqibat” badiiy filmi bo‘ldi. Ushbu jarayonlarga “Qizg‘aldoq”, “Jigarbandim”, “Oppoq orzular”, “Jiyda guli” badiiy filmlarining ssenariy muallifi, “Haqiqiy ishq” mualliflik badiiy filmi rejissyori va bosh rol ijrochisi Mikoyil Sulaymonov boshchilik qilmoqda.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email