“Algorismus” platformasidan qanday foydalanish mumkin?

“Algorismus” platformasidan qanday foydalanish mumkin?

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “algorismus” (lms.iiau.uz) platformasidan foydalanish” mavzusida onlayn mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Unda kafedra o‘qituvchilari hamda Axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nilishi 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Dars mashg‘ulotida “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari Azamat Bozorov hamda Anvar Mahkamovlar ma’ruza qilib, “algorismus” (lms.iiau.uz) platformasidan foydalanish bo‘yicha talabalarga ma’lumot berishdi.

E’tiborlisi, ushbu platforma orqali onlayn va oflayn dars jarayonlaridan samarali foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, endilikda muayyan bir fan bo‘yicha o‘tiladigan dars mashg‘ulotlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan talabalarga o‘quv fani yuzasidan beriladigan vazifalar, mustaqil izlanishlari uchun qo‘shimcha topshiriqlar mazkur platformaga joylashtirilib boriladi. Talabalar ham bajargan vazifalarini shu tizim orqali havola etadi.


Print   Email