“Academy Talks” loyihasida Akademiya bitiruvchisi bilan uchrashuv

“Academy Talks” loyihasida Akademiya bitiruvchisi bilan uchrashuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Academy Talks” loyihasi doirasida Akademiya bitiruvchisi Baxtishod Xamidov bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari tomonidan ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda fakultet o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.

Baxtishod Xamidov 2008-yilda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini (Toshkent islom universiteti) Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishini tamomlagan. Yaponiyaning Tokio universitetida grant asosida magistratura bosqichida tahsil olgan. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida faoliyat yuritmoqda.

Uchrashuv davomida Baxtishod Xamidov yurtimiz oliy ta’lim tizimining bugungi kundagi holati hamda istiqbollari to‘g‘risida ishtirokchilarga foydali ma’lumotlar berdi. Shundan so‘ng talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Muloqot yakunida Baxtishod Xamidov talabalarga hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashib, vaqtni qadriga yetish, yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligini ta’kidladi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email