Samimiy uchrashuv

Samimiy uchrashuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun hamda 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiyaning pedagogik jamoasi, talabalar qatnashdi.

E’tiborlisi talaba-yoshlar bilan dildan suhbat qurish, ularning bilim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida O‘zbekiston va Turkiya ishbilarmonlari uyushmasi bosh direktori Ulug‘bek Balabekov, mazkur xalqaro tashkilot koordinatori Jadida Balabekova, uyushma kengashi raisi Erjan Bulut hamda Adliya vazirligining nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi xodimi Olloyor Abdullayevlar ham tadbirda ishtirok etishdi.

Baxtimiz qomusi

Baxtimiz qomusi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Akademik litsey direktori Anvarali Ermatov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi dotsent Hamida To‘ychiyeva, kafedra professori, falsafa fanlari doktori Matluba Qahhorova, kafedra katta o‘qituvchilari O‘ktam Shakarov, Firuz Rashidov, litsey o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar ishtirok etdi.

Davra suhbatini Akademik litsey direktori Anvarali Ermatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri Hamida To‘ychiyeva so‘zga chiqib, qatnashchilarga Konstitutsiyaning fuqarolar va jamiyat oldidagi mavqei, ahamiyati, mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berishdi.

Davra suhbati davomida “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari O‘ktam Shakarov hamda Firuz Rashidov “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida siyosiy huquqlarning kafolatlanishi”, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning huquqlari va majburiyatlari” kabi mavzularda ma’ruza qilishdi. O‘quvchilarga Konstitutsiyada kafolatlangan siyosiy huquqlari, saylash, saylanish huquqlari, Bosh qomusimizda belgilangan fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy huquqlari hamda fuqarolarning majburiyatlari haqida ma’lumotlar berishdi.