Xalqaro onlayn konferensiya Akademik Ubaydulla Karimov xotirasiga bag‘ishlandi

Xalqaro onlayn konferensiya Akademik Ubaydulla Karimov xotirasiga bag‘ishlandi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “O‘zbekistonda islom madaniyati, tarixi va san’atini o‘rganishning yangi istiqbollari” mavzuida xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjuman Akademik Ubaydulla Karimov xotirasiga bag‘ishlangan bo‘lib, tadbirda O‘zbekiston va xorijiy davlatlardan bir qator xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlar vakillari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda nufuzli universitetlarning rahbarlari, professorlari, fan doktorlari ishtirok etdi.

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitseprezidenti, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktori professor, tarix fanlari doktori Baxrom Abduhalimov hamda Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq etish markazi (IRCICA) bosh direktori professor, doktor Mahmud Erol Qilich ochib berdi.

Tadbirda Akademik Ubaydulla Karimov tadqiqotlarining O‘zbekiston sharqshunosligidagi o‘rni, Movarounnahrning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni va ahamiyati, XIX asr oxiri – XX asr boshlaridagi O‘rta Osiyo ijtimoiy hayotida musulmon ulamolarining roli kabi mavzular haqida so‘z bordi.

Anjuman davomida so‘z yuritilgan ma’ruzalar bo‘yicha ishtirokchilarga savollar berildi. Yakunda mazmunli o‘tgan yig‘ilish uchun mutasaddilarga minnatdorlik bildirildi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email