O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mustaqil izlanuvchilik institutiga 2021-yil II-chorak uchun qabul boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mustaqil izlanuvchilik institutiga 2021-yil II-chorak uchun qabul boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 15-apreldagi 03-09/2257-son xati asosida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining mustaqil izlanuvchilik institutiga 2021-yil II-chorak uchun qabul boshlandi. Talabgorlar Akademiyada faoliyati yo‘lga qo‘yilgan quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha hujjat topshirishlari mumkin:

– 07.00.04 – Dinshunoslik;

– 19.00.07 – Din sotsiopsixologiyasi;

– 24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi;

– 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik;

– 24.00.03 – Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot;

– 24.00.04 – Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi.

Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:

– ariza;

– qisqacha biografik ma’lumotnoma;

– falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirish uchun magistrlik diplomi nusxasi;

– mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

– ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxasi;

– fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish bo‘yicha mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtirishga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;

– ish joyidan tavsifnoma;

– rejalashtirilgan dissertatsiya mavzusi va asosnoma.

Eslatma:

Hujjatlar elektron shaklda (pdf formatda) http://phd.mininnovation.uz internet manzili orqali joriy yilning 15-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 11-uy (O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi).

Murojaat uchun telefon: (71) 244-00-56, (97) 343-44-52, (99)327-23-08

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 


Print   Email