O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruv malakaviy ishi himoyalari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruv malakaviy ishi himoyalari o‘tkazilmoqda

Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini 2020-2021 o‘quv yilida tamomlayotgan bitiruvchilar uchun bitiruv malakaviy ishi himoyalari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy o‘quv yilida Akademiyani  “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha)”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi”, “Dinshunoslik”, “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)”, “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida 360 nafar talaba bitirmoqda.

Bitiruv malakaviy ishi himoyalari va ixtisoslik fanlaridan yakuniy Davlat attestatsiyasini o‘tkazish  bo‘yicha komissiya tarkibiga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” davlat muzeyi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Xalqaro islom akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitet, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va boshqa oliy ta’lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, kadr iste’molchi tashkilotlarning malakali mutaxassislari jalb etilgan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida bitiruv malakaviy ishi himoyalari 30 iyunga qadar davom etadi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email