O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston ilm-fani og‘ir judolikka uchradi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori, davlat va jamoat arbobi, iqtidorli olim, rahbar va ustoz, fidoyi va mehnatkash inson Rustam Sobirovich Qosimov og‘ir kasallikdan so‘ng vafot etdi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi marhumning oila a’zolari, yaqinlari va shogirdlariga chuqur ta’ziya, hamdardlik bildiradi. Alloh barcha qilgan yaxshi amallarini o‘zlariga hamroh qilib, rahmatiga olsin! Yaqinlariga sabri jamil ato qilsin!

Rustam Qosimovning yorqin xotirasi qalblarimizda hamisha saqlanib qoladi.


Print   Email