O‘zbek ayoli timsoli

O‘zbek ayoli timsoli

Dilbar G‘ulomova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan

yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida taniqli davlat va jamoat arbobi, olima, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Dilbar G‘ulomovaning 80 yoshlik yubileyi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, san’at va madaniyat arboblari, olimlari, diniy-ma’rifiy soha vakillari, Dilbar G‘ulomovaning farzandlari, hamkasblari, shogirdlari va talabalar ishtirok etdi.

Dastlab Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva so‘zga chiqib, mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish, haq-huquqlarini himoya qilish va iste’dodini rivojlantirish hamda xalqimizning azaliy qadriyatlarini asrab-avaylash, diniy-ma’rifat sohasidagi ko‘p yillik samarli faoliyati uchun Dilbar G‘ulomova “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangani to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonini o‘qib eshittirdi.

— Taniqli davlat va jamoat arbobi, qadrli ustozimiz Dilbar G‘ulomova haqiqiy ma’noda O‘zbek ayoli timsoli, xotin-qizlarimiz uchun o‘z mehnat faoliyati, ilmiy salohiyati, fidoyiligi va oilasiga sadoqati hamda farzandlar tarbiyasidagi jonkuyarligi bilan ibrat maktabini yaratdilar, — deydi tabrik so‘zida Tanzila Norboyeva. — U kishi o‘zining 40 yildan ortiq mehnat faoliyati davomida mamlakatimizda oila institutini rivojlantirish, xotin-qizlarimiz uchun farovon turmush sharoitini yaratish, ularning jamiyatdagi mavqeyini oshirish borasida samarli va fidokorona xizmat qildi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sh.Minovarov ham Dilbar G‘ulomovani samimiy qutlab, u kishining yurtimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada ko‘rsatayotgan fidokorona xizmatlari davlatimiz tomonidan yuqori baholanayotganini e’tirof etdi.

Dilbar G‘ulomova 1941-yil 30-mayda Toshkent shahrida tavallud topgan. Toshkent davlat to‘qimachilik institutini tamomlagach, turli yillarda mas’uliyatli vazifalarda ishlab keldi. Jumladan, Toshkent viloyati mahalliy sanoat, maishiy xizmat va kommunal xo‘jaligi kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi, Toshkent viloyati kasaba uyushmalari kengashi raisi, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, rais, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimlarda, 2019-yildan buyon esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

Dilbar G‘ulomova davlatimiz tomonidan “Do‘stlik”, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari bilan taqdirlangan.

Tadbirda shuningdek, Dilbar G‘ulomovaning safdoshlari, shogirdlari va farzandlari ham so‘z olib, ham davlat va jamoat ishlaridagi faolligi bilan, ham oilaga sadoqati, ro‘zg‘or tebratishdagi oqilaligi-yu farzand tarbiyasidagi namunasi bilan o‘zbek ayoliga haqiqiy ma’noda ibrat bo‘lib kelayotgan ustozlariga o‘z hurmatini izhor etdi.

O‘z navbatida Dilbar G‘ulomova ko‘rsatilgan e'tibor va hurmat uchun davlatimiz rahbari hamda xalqimizga o‘z minnatdorligini bildirdi.

 

Bahodir JOVLIYEV,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot kotibi

Манба: “Yoshlar ovozi” gazetasi 2021-yil, 18-son.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Irgashevich, Dadamukhamedov A. "Development of National Network and Corporate Networks (in the Case of Tas-IX Network)." International Journal of Human Computing Studies, vol. 1, no. 1, 2019, pp. 1-5, doi:10.31149/ijhcs.v1i1.347.


Print   Email