Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

Muftiy hazratlari va bir guruh ulamolar ko‘krak nishoni bilan taqdirlandilar

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrda “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingan edi. Mazkur farmonga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi. 2021-yil 26-aprel kuni matbuotda ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida:

- O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari birinchi darajali;

- Toshkent shahridagi “Burhoniddin Marg‘iloniy” jome masjidi imom-xatibi Abdulxamid domla Tursunov, Toshkent viloyatidagi “Hasanboy ota” jome masjidi imomi Yahyo qori Turdiyev, Buxoro viloyatidagi “Bahouddin Naqshband” jome masjidi imom-xatibi Abdug‘ofur domla Razzoqov ikkinchi darajali;

- Samarqand viloyati Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev uchinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldilar.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email