O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 1-13-fevral kunlari respublikada faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar uchun tashkil etilgan ikkinchi malaka oshirish o‘quvlari yakuniga yetdi. 72 soatga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusidagi o‘quvlarning ikkinchi bosqichida 106 nafar tinglovchi ishtirok etdi.
Dars mashg‘ulotlari 5 ta guruhlarda tashkil etilib, sohaning yetuk professor-o‘qituvchilari va malakali mutaxassislari tomonidan o‘tkazildi.
Darslar imom-xatiblarning kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy interfaol uslubda, axborot va ta’lim texnologiyalari asosida ma’ruza va seminar-treninglar tarzida olib borildi.
Kurslar yakunida tinglovchilar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning o‘tgan mashg‘ulotlar bo‘yicha fikr-mulohazalari o‘rganildi. Yakunda malaka oshirish o‘quvlarida faol ishtirok etgan tinglovchilarga sertifikat topshirildi.
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati