Islom sivilizatsiyasi rahbariyati ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Islom sivilizatsiyasi rahbariyati ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi

Prezidentimizning 2016-yil 28-dekabrda “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlari qabul qilingan edi. Mazkur farmonga muvofiq, “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilgan. 2021-yil 26-aprel kuni matbuotda ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar ro‘yxati e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi direktori, davlat va jamoat arbobi, mohir tarjimon Shoazim Minovarov, direktor o‘rinbosari, Shayx Abdulaziz Mansur va bo‘lim boshlig‘i, shoir Mirzo Kenjabek birinchi darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlanganlarni samimiy muborakbod etadi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email