Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati Italiya ommaviy axborot vositalari nigohida

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati Italiya ommaviy axborot vositalari nigohida

Davlatimiz rahbarining 2020-yil 11-avgustdagi qarori bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzurida Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini yuritmoqda. Markazda islom olamida keng tarqalgan ikki yirik aqidaviy ta’limotlardan biri – Imom Moturidiy tomonidan asos solingan moturidiylik ta’limoti, uning ahamiyati, bugungi kundagi o‘rni, bebaho asarlari va qo‘lyozmalari o‘rganiladi.

Hozirgi kunda markaz xalqaro maydonda o‘z hamkorlarini orttirib borish bilan bir qatorda, markaz faoliyati dunyo hamjamiyati e’tiborini ham tortib kelmoqda. Хususan, Italiyaning “Gazzetta dell'Emilia Romagna”, “Gazzetta di Roma”, “Gazzetta della Lombardia”, “Gazzetta di Milano”, “Gazzetta di Avellino”, “Gazzetta di Salerno” hamda “Gazzetta di Napoli” onlayn gazetalari orqali markaz faoliyati yoritilmoqda.

2021-yil 17-mart kuni O‘zbekiston xalqaro islom Akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi Xalqaro ilmiy kengashining birinchi onlayn ilmiy yig'ilishi bo‘lib o‘tgani va yig’ilish qatnashchilari tomonidan markazning maqsad va vazifalari, va kelajak rejalari muhokama qilindi, deb xabar berildi gazeta va jurnallarda.

Shuningdek, Xalqaro kengash yig‘ilishida 30 dan ortiq soha vakillari va Misr, Iordaniya, Turkiya, Germaniya, Bosniya va Gersegovina, Rossiya, Afg‘oniston, Malayziya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston tadqiqot muassasalari rahbarlari tomonidan Xalqaro ilmiy kengash faoliyati boshlanishi bilan bog‘liq bir qator muhim masalalar muhokama qilingani yoritilgan.

Jumladan, Islom dunyosida mo‘tadil ta’limotlarni targ‘ib qilish, Moturidiya ta’limotini o‘rganish, Markaz faoliyatini xalqaro miqyosda tashkil etish uchun yetakchi ilmiy muassasalar va mutaxassislar bilan hamkorlik, chet el grantlarini Markaz faoliyatiga jalb qilish, Imom Moturidiy nomidagi Xalqaro stipendiya nizomini ishlab chiqish, Markaz kutubxonasida Imom Moturidiy va Moturidiya ta’limotiga oid manbalarning asl va elektron nusxalarini to‘plash, ularning elektron platformasini yaratish va kelajakda Markazni tadqiq qilish rejasi muhokama qilish hamda Xalqaro ilmiy kengash a’zolari ilmiy hamkorlikni yanada kengaytirish va muntazam uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi, deb yoritadi Italiya ommaviy axborot vositalarida.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 


Print   Email