Gʻazalxonlik tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Gʻazalxonlik tanlovi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk bobokalonimiz, “g‘azal mulkining sultoni” Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan turli tadbirlar, tanlovlar o‘tkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Gʻazalxonlik tanlovida ishtirokchilar estudy.iiau.uz veb saytining “Tanlovlar” bo‘limiga kirib, Alisher Navoiy ijodidan namunalar o‘qib, audio formatda joylab borishdi. Tanlov g‘oliblari onlayn ovoz berish yo‘li bilan professor-o‘qituvchilar hamda talabalar tomonidan aniqlandi.

Yakuniy natijalariga ko‘ra, uchinchi o‘ringa “Islomshunoslik” fakulteti talabasi Luqmonjon Muftulayev loyiq topilgan bo‘lsa, 2-o‘rin “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabasi Muhammadamin Mamanovga, g‘oliblik esa shu fakultetning 4-kurs talabasi Mohirabonu Inog‘omovaga nasib etdi.

Sovrindorlar mutasaddilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email