E’lon: Akademiya o‘qituvchilari va talabalari diqqatiga!

E’lon: Akademiya o‘qituvchilari va talabalari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan 2020-yil 20-noyabrdan “Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi”ga start beriladi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi tomonidan:

– Akademiya veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlariga tezis, maqola, infografika materiallarini tayyorlash va joylash;

–  “Konstitutsiyam – faxrim” nomli xeshtegni o‘tkazish;

– Konstitutsiya qabul qilinishi tarixi va ahamiyatini aks ettiruvchi videorolik tayyorlash;

“Konstitutsiya – mening hayotimda”, “Konstitutsiya – davlatning asosiy qomusi” mavzularida esselar tanlovini o‘tkazish;

“Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” shiori ostida debatlar tashkil etish;

– akademik guruhlarda “Konstitutsiyani bilasizmi?” rukni ostida ochiq darslar o‘tkazish;

“Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” shiori ostida fakultetlar kesimida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;

–  ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish;

“Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida fakultetlararo devoriy gazetalar tanlovini tashkil etish;

–  hamkor Oliy ta’lim muassasalari bilan birgalikda davra suhbatlarini o‘tkazish;

“Inson huquqlarini ta’minlash – bosh maqsadimiz” mavzularida davra suhbati kabi tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, barchangizni ushbu oylikda faol ishtirok etishingizni so‘rab qolamiz.

“Huquqiy savodxonlik va madaniyat oyligi”ga oid ma’lumotlar bilan Akademiya rasmiy veb-sayt (www.iiau.uz) va ijtimoiy tarmoqdagi sahifa (https://t.me/iiau_official) orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol ishtirok etish uchun quyidagi 99 8976140 telefon raqamga murojaat qiling.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email