Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi

Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi fan doktori ilmiy darajalar beruvchi DSc. 35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

ZOOM platformasi orqali onlayn tarzda o‘tkazilgan majlisda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tadqiqotchisi Ramzjon Isoqjonovning “Ibn Sino teologik ta’limotida gnoseologik tamoyillar” mavzusidagi 07.00.04 – Dinshunoslik ixtisosligida falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi muhokama etildi. Unda tadqiqotchining mavzu bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi, yangiligi, amaliy va nazariy ahamiyati kabi muhim jihatlari Ilmiy kengash va olimlar tomonidan chuqur o‘rganildi.

Qiziqarli bahs-munozaralar ostida o‘tgan dissertatsiya himoyasida tadqiqot ishi chuqur ilmiy darajada o‘rganilgani olimlar, soha mutaxassislari tomonidan yuqori baholandi. Aniq faktlarga tayanilgan ma’lumotlar mavzu ko‘lamini yanada ochib berishga xizmat qilgani ta’kidlandi. Yakunda ixtisoslik yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotchining falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga munosib ekani bir ovozdan ma’qullandi.

Olimning erishgan ushbu yutug‘i bilan tabriklab, keyingi ilmiy-pedagogik faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email