Diqqat e’lon! Akademik litseyda imtihon boshlanmoqda

Diqqat e’lon! Akademik litseyda imtihon boshlanmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida o‘qish istagida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar uchun 8-, 9-, 10-sentyabr kunlari imtihon bo‘lib o‘tishi belgilandi.

O‘quvchilar o‘z tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va onlayn topshirgan arizadan nusxa (rasmi bilan) belgilangan jadval asosida, ko‘rsatilgan vaqtdan kechikmasdan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosiga kelishlari talab etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Uchtepa tumani, Kichik halqa yo‘li 21-A uy. Mo‘ljal: Farhod avtomobil ehtiyot qismlar bozori.

Muhtaram, o‘quvchilar! Imtihon kuni belgilangan manzilga karantin qoidalariga rioya qilib, xavfsizligingizni ta’minlab, yaxshi kayfiyatda, o‘z vaqtida yetib kelishingizni hamda ota-onangiz va yaqinlaringizdan imtihon kunlari uyda qolishini so‘raymiz.

Kirish imtihonlarining o‘tish muddati, jadvali, natijalari va o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javoblarni Akademiya rasmiy www.iiau.uz veb-sayti, ijtimoiy tarmoqdagi https://t.me/iiau_official  telegram kanali hamda Akademik litsey https://t.me/Islomakademiklitseyi telegram kanali orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin. Shuningdek, +998974211963; +998900059656; +998977567078 telefon raqamlariga murojaat etishingizni so‘raymiz.

Aziz o‘quvchilar! Imtihonga telefon, shpargalka va boshqa shunga o‘xshash narsalar olib kirish ta’qiqlanadi. Agar shunday holatlar aniqlansa, abituriyent imtihondan chetlatiladi.

Unutmang, faqat puxta tayyorgarlik va kuchli bilim bilangina O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi o‘quvchisi bo‘lishingiz mumkin. Shunday ekan, bir daqiqada ham bilim olish va o‘z ustingizda ishlashdan to‘xtatmang. Omad yor bo‘lsin!

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email