Akademiya talabalari respublika bosqichida ishtirok etdi

Akademiya talabalari respublika bosqichida ishtirok etdi

Xabaringiz bor, Davlatimiz rahbari tomonidan “2020-yil – Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” davlat dasturi doirasida talabalar va tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish orqali ularda ta’lim va ilm-fanga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Uchinchi renessans – yoshlar nigohida” nomli respublika tanlovi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekistonda yangi bir uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga oid fikrlarining mazmun-mohiyatini keng o‘rganish hamda targ‘ib etish orqali yoshlarni jamiyatda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi faolligi, intellektual salohiyatini rivojlantirish ustuvor maqsad qilib belgilangan edi.

Tanlovning hududiy bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar uchun respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya talabalaridan tuzilgan jamoa “Buyuk allomalarga ehtirom” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, “Ajdodlar merosini o‘rganish va targ‘ib qilishda innovatsion yondashuv” yo‘nalishi bo‘yicha o‘z taqdimotlarini o‘tkazishdi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email