Akademik litsey imtihoni boshlandi

Akademik litsey imtihoni boshlandi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida o‘qish istagida ro‘yxatdan o‘tgan o‘quvchilar uchun imtihon boshlandi.

Imtihon xavfsizlik qoidalariga amal qilingan holda tashkil etildi. O‘z vaqtida test imtihonlariga yetib kelgan o‘quvchilar uchun tibbiyot niqoblari hamda qo‘lqoplari tarqatildi. Ayni damda imtihon jarayonlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti binosida o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email