Abituriyentlar diqqatiga muhim xabar!  IJODIY IMTIHON O‘RNIGA CHET TILIDAN TEST KIRITILDI

Abituriyentlar diqqatiga muhim xabar! IJODIY IMTIHON O‘RNIGA CHET TILIDAN TEST KIRITILDI

 

Ma’lumki, mamlakatimizda bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 7 avgustdagi 2-son bayoni qabul qilindi. Unga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlari Qabul jarayonida abituriyentlarga qulay sharoit yaratish maqsadida Ijodiy imtihonlar o‘rniga faqat Test sinovlari o‘tkazilishi belgilandi.

Tabiiy savol tug‘iladi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Islomshunoslik hamda Dinshunoslik yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar ham Davlat test sinovlaridan tashqari Ijodiy imtihon topshirishi belgilangan edi. Xush, endi mazkur yo‘nalish abituriyentlari qaysi fandan test topshirishlari zarur bo‘ladi?

Javob: Darhaqiqat, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining
2020 yil 7 avgustdagi 2-son bayoniga muvofiq, 2020/2021 o‘quv yili uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida belgilangan ijodiy imtihonlar o‘rniga Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilishi belgilangan test sinovi fanlari tarkibiga Chet tilidan ham blok qo‘shilishi belgilandi:

Tanlov kodi

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari nomi

1-fan

2-fan

5120600

Dinshunoslik

Chet tili

Tarix

5160100

Islomshunoslik

Chet tili

Tarix

Shu ikki ta’lim yo‘nalishida chet tilini tanlash imkoniyatlari haqida saytimizda keyinroq ma’lumot beriladi.

Ishonamizki, Siz qat’iy azmu shijoat va ustozlardan olgan bilim va salohiyatingizni namoyon etib, albatta, o‘z maqsadlaringizga erishasiz! 

Hurmatli abituriyent, saytimizni muntazam kuzatib boring!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

 


Print   Email