Abituriyent, qaysi chet tilidan imtihon topshirasiz?

Abituriyent, qaysi chet tilidan imtihon topshirasiz?

Avval xabar berganimizdek, (https://bit.ly/2PTxBw4) O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining abituriyentlari uchun Ijodiy imtihon o‘rniga Davlat test sinovlarida Chet tilidan alohida blok qo‘shilishi ma’lum qilingan edi.

Endi Siz, (“Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishlari abituriyentlari) — 2020 yil 16 avgustga qadar (16 avgust kuni ham)  Davlat test markazining abitur.dtm.uz portaliga kirib, qo‘shimcha tuzatish kiritishingiz talab etiladi(!).

Ya’ni, abitur.dtm.uz portalidagi Shaxsiy kabinetingiz orqali qaysi chet tilidan imtihon topshirish hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga test topshiradigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlash huquqini beruvchi tizim ishga tushirildi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining www. iiau.uz rasmiy saytini kuzatib borishda davom eting. Akademiyaga taalluqli yangiliklar eng avvalo, ushbu manzilda e’lon qilinadi.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati


Print   Email