“Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” g‘olibiga guvohnoma topshirildi

“Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” g‘olibiga guvohnoma topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Adiblar va mutafakkirlarimiz ijodiy merosini yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda Adiblar xiyobonidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra yoshlar orasida buyuk ajdodlarimizning ilmiy-ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, mutafakkirlar ijodini chuqur o‘rgangan qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirishgа alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan bakalavr va magistratura talabalari uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” ta’sis etilgan bo‘lib, ushbu stipendiya ma’rifatparvar hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Unga muvofiq joriy yilgi ilk maxsus stipendiya sovrindori “Islomshunoslik” fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi rus guruhi 2-bosqich talabasi Mustafoyev Anvar Alisher o‘g‘li deb topildi.

Kuni kecha Akademiya Kengashining navbatdagi majlisida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori vazifasini bajaruvchi Muzaffar Komilov “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” g‘olibiga guvohnomani tantanali ravishda topshirdi.

Shu munosabat bilan Akademiya jamoasi Akademiya talabasining erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga omad tilaydi.

 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi

Matbuot xizmati

 

 


Print   Email