Saudiyada ayollarning sport bilan shug‘ullanish ko‘rsatkichi 150 foizga ortdi

Saudiyada ayollarning sport bilan shug‘ullanish ko‘rsatkichi 150 foizga ortdi

Saudiya sport vazirining ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistonida ayollarning sport bilan shug‘ullanish ko‘rsatkichi 150 foizga ortgan. Bu haqida www.arabnews.com sayti xabar beryapti.

Manbada keltirilishicha, Shahzoda Abdul Aziz bin Turki al-Faysal esa bu o‘zgarishlar “Saudi Vision 2030” nomli milliy islohotlar hamda malika Rima bint Bandar bin Sultanning sa’y-harakatlarining natijasi ekanligini ta’kidladi.

Sport vaziri shuningdek, malikaning sport sohasida erishgan yutuqlariga to‘xtalib, bu nafaqat tengdoshlarini, balki butun mamlakatni ruhlantirayotganini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, malika Rima yaqinda Saudiya Arabistoni Olimpiya Qo‘mitasi va Xalqaro taekvondo federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan birinchi “Gender tengligi va ayollar yetakchiligi” forumida ham ishtirok etgandi. Mazkur forum sport sohasida ayollar ulushini oshirishni maqsad qilgan.


Print   Email