Saudiya Arabistonidagi yurak kasalliklari markaziga birinchi ayol rahbar tayinlandi

Saudiya Arabistonidagi yurak kasalliklari markaziga birinchi ayol rahbar tayinlandi

Doktor Nouf al-Anazi Podshoh Saud universiteti tibbiyot shaharchasidagi Podshoh Fahd nomidagi yurak kasalliklari markazining direktori bo‘ldi. Bu haqida arabnews sayti ma’lumot beryapti.

Nouf al-Anazi mamlakatda o‘z sohasining yetuk mutaxassislaridan biri hisoblanib, shu kungacha qator mas’uliyatli lavozimlarda, jumladan Podshoh Fahd nomidagi yurak kasalliklari markazining sifat nazorati bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. 

Ma’lumot uchun, al-Anazi 2000-yilda o‘rta maktabni namunali tugatgan. 2007-yilda esa Podshoh Saud universiteti tibbiyot fakultetida Tibbiyot va jarrohlik yo‘nalishini tamomlagan. Shuningdek, u nufuzli xorijiy ta’lim muassasalarda ham o‘z sohasi bo‘yicha tahsil olgan.

 


Print   Email