Saudiya Arabistonida xotin-qizlarning ham harbiy xizmatni o‘tashiga ruxsat berilmoqda

Saudiya Arabistonida xotin-qizlarning ham harbiy xizmatni o‘tashiga ruxsat berilmoqda

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi ayollar ham erkaklar kabi mamlakat Qurolli Kuchlarida xizmat qilish uchun murojaat qilishlari mumkinligini e’lon qildi, deb xabar beryapti arabnews sayti.

Ma’lumotga ko‘ra, yoshi 21 dan 40 yoshgacha bo‘lgan hamda bo‘yi 155 sm. yoki undan yuqori bo‘lgan saudiyalik ayollar davlat xizmati xodimi bo‘lishi mumkin. Shuningdek, xotin-qizlar mustaqil milliy guvohnoma va kamida o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. E’tiborli jihati, Saudiya Arabistoni fuqarosi bo‘lmagan hamda turmushga chiqqan fuqarolar harbiy xizmatga qabul qilinmaydi.

Mutaxassis Halol Al-Ynabavining aytishicha, arab mamlakatlarida ayollarning harbiy xizmat qilishiga ruxsat berish holati so‘nggi 30 yil davomida munozarali mavzu bo‘lib kelgan. Ammo Qirol Salmonning fikriga ko‘ra, bugungi kunda ayollarning barcha sohalarda – hukumat tuzilmasi va harbiy xizmatda faoliyat ko‘rsatishi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi, dedi u arabnews sayti muxbiriga.

 


Print   Email