Rossiya Islom institutida gender muammolarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Rossiya Islom institutida gender muammolarga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Bu haqida institut rasmiy sayti xabar berdi. Seminar Rossiya Islom instituti tomonidan tashkil etildi. Tadbirda institut Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori Rafis Zokirov, Dinshunoslik fakulteti dekani Abdulla Shangarayev, kafedra mudiri Tatyana Sedankina, institut o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.

Seminarda falsafa fanlari nomzodi, dotsent Aydar Xayrutdinov so‘zga chiqib, XIX va XX asr boshlarida islom dunyosidagi gender muammolarni yoritib berdi.

Tadbir yakunida seminar ishtirokchilari ma’ruzachiga savollar bilan murojaat qilishdi.


Print   Email